Shohin
Shohin (taxallusi; asl ismi Shamsiddin) (1859, Buxoro — 1894, Qarshi) — fors shoiri. Buxorodagi Shodimbiy madrasasida tahsil olgan. Jami 12500 misradan iborat sheʼriy merosi bizgacha yetib kelgan. Ular 164 gʻazal, 58 qasida, 4 muxammas, 3 musaddas, 27 ruboiy, 5 hajviy qasida, 2 tarjeʼband, 1 fard, "Layli va Majnun" dostoni va Saʼdiyning "Boʻston"i yoʻlida yozilgan "Tuhfai doʻston" ("Doʻstlar tuhfasi", 1890) pandnoma asarini oʻz ichiga oladi. Shuningdek, "Badoyeʼ ussanoyeʼ" ("Badiiy sanʼatlar") nomli nasriy asari mavjud. "Layli va Majnun" dostoni Xusrav Dehlaviy va Nizomiy Ganjaviylarning shu nomli dostonlariga nazira sifatida yozilgan boʻlsada, doston syujetida oʻziga xosliklar ham mavjud boʻlib, u oʻz davri voqealarini keng yoritgan.
Manbalar
tahrir- Buxoriylar boʻstoni, T., 1998.
Adabiyot
tahrir- Mirzozoda X.M., Shamsiddin Shohin, Samarqand, 1956.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |