Shohista Turgʻunova
Shohista Muhammadjonovna Turgʻunova (oʻzbekcha: Shohista Muhammadjonovna Turg'unova; 1978-yil 14-noyabr, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek oʻqituvchisi va siyosatchisi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis IV-chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi aʼzosi.
Shohista Turgʻunova | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
14-noyabr 1978-yil Namangan viloyati, O‘zbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Siyosiy partiyasi | O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi |
Taʼlim | Namangan muhandislik pedagogika instituti |
Kasbi | Oʻqituvchi |
Biografiyasi
tahrirShohista 1978-yil 14-noyabrda Namangan viloyatida tug‘ilgan. Namangan muhandislik-pedagogika institutini tamomlagan. Deputatlikka saylangunga qadar Chortoq tuman xalq taʼlimi bo‘limi mudiri lavozimida ishlab kelgan[1].
2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IV-chaqiriq Qonunchilik palatasiga saylangan va innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari qo‘mitasi tarkibiga kirgan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „СПИСОК кандидатов в депутаты Законодательной палаты Олий Мажлиса Республики Узбекистан, выдвинутых от избирательных округов“. Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi. 2021-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-oktyabr.
- ↑ „Депутаты“. parliament.gov.uz. 2021-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-oktyabr.