Shohiy
Shohiy (taxallusi; asl nomi Sulton Masʼud Mirzo Shohiy) (1475 — Gʻazna — 1507) — shoir, temuriy shahzodalardan biri. Otasi Sulton Mahmud Mirzo sohibqiron Amir Temurga 5boʻgʻin avloddir. Onasi Xonzodabegim Mir Buzurg Termiziyning qizi. Sh. boshqa temuriyzodalar kabi yoshligidan ilmga, adabiyotga havasmand boʻlgan. Otasi unga Hisor hokimligini topshirgan va u otasining vafotiga qadar (1495) bu yerni boshqarib turgan. Samarqandni olish uchun qilgan yurishi muvaffaqiyatsizlikka uchrab, Hisor qam qoʻlidan ketgach, Husayn Boyqaro saroyidan panoh topgan va yana saltanat ilinjida Movarounnahrga qaytgan. Vazir Xusravshoh shahrini asir olib, koʻziga mil tortgan. Yana Husayn Boyqaroning ruxsati bilan Xurosonga qaytgan va uning qizlaridan biri — Begim Sultonga uylangan. U keyingi hayotini ijodga bagʻishlagan va Hirot adabiy hayotida faol qatnashgan. 1507-yilda Shayboniyxonning Xurosonga yurishlari vaqtida oʻldirilgan va Gʻaznada dafn etilgan.
SH. haqida Alisher Navoiy oʻzining "Majolis unnafois" tazkirasining 7majlisida shunday taʼrif beradi: "Sulton Masʼud Mirzo — ravshan zehnlik va mustahsan taʼbliq va pokiza hisol va mahmud faol yigitdur. Vafo va diljoʻyliq aning shiori, saxo va darveshxoʻyliq uning atvori". Amakivachchasi va qaynisi Zahiriddin Muhammad Bobur ham "Boburnoma"nit bir necha joylarida uni yaxshi xotiralar bilan eslaydi. Tazkiranavis — Faxri Hirotiy (16-asr) "Latoyifnoma" asarida (Alisher Navoiy "Majolis unnafois" tazkirasining forschaga erkin, ijodiy tarjimasi) taʼkidlashicha, u turkiy sheʼrlarida "Shohiy", forsiy sheʼrlarida esa "Orifiy" taxalluslarini qoʻllagan va bu ikki tilda alohidaalohida devon tuzgan.
shahrining turkiy "Devon"i 1140 baytni tashkil qilib, undagi sheʼrlar gʻazal, ruboiy, fard va tarjeʼband janrlaridadir. Sh. sheʼriyatida Navoiy anʼanalarini davom ettirgan. Navoiy va Husayniy gʻazallariga taxmislar, tatabbuʼlar bogʻlagan.
SH. turkiy "Devon"ining 2 qoʻlyozmasi maʼlum boʻlib, ular (1745; 1776) Hindistonda koʻchirilgan. Bu qoʻlyozmalar Londondagi "India Ofis" kutubxonasida saqlanadi.
Prof. A. Abdugʻafurov Sh. "Devon"ini fotonusxa asosida mukammal soʻzboshi bilan nashr ettirgan (2001).
Otabek Joʻraboyev.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |