Shoira Otabekova
Shoira Otabekova (1980-yil 18-noyabrda tugʻilgan) oʻzbek qoʻshiqchisi va aktrisasidir. Qoʻshiqchi sifatidagi ilk debyutini 1998-yil „Muhabbat qasri“ qoʻshigʻi bilan boshlagan. Keyinchalik esa „Dilim uzra“, „Alamli“ va „Yurak“ qoʻshiqlarini aytgan. Otabekova Kvartet guruhi bilan hamkorlikda ijro etgan „Digi-digi“ qoʻshigʻi bilan shuhrat qozongan.
Shoira Otabekova | |
---|---|
Tavalludi |
18-noyabr 1980-yil |
Janrlar | Pop |
Faoliyat yillari | 1998—hozirgacha |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Hozirda Otabekovaning 70 dan oshiq qoʻshiqlari mavjud boʻlib, 25 ga yaqin shu qoʻshiqlarga klip ham olingan[manba kerak]. U, shuningdek, „Dilim uzra“, „Seni sogʻindim“, „Leyli“, „Bir oʻzing“, „O yurak“ va „Mening baxtim“ albomlarini ham chiqargan.
Katta sahnaga chiqishiga Ruslan Sharipov sababchi boʻlgan[1].
Filmografiyasi
tahrirYil | Film | Rol | Izoh |
---|---|---|---|
2005 | Yangi yil parisi | ||
2018 | Muhabbat va nafrat | Jasurning opasi |
Mukofotlari
tahrirShoira Otabekova „Tarona 2004“ da Abduvali Rajabov bilan ijro etgan dueti uchun „Yil qoʻshigʻi“ nominatsiyasini qoʻlga kiritgan. „Tarona 2005“ da esa „Estradamiz umidi“ nominatsiyasini qoʻlga kiritadi.[2]
Manbalar
tahrir