Shokir Farmonov
Shokir Qosimovich Farmonov (1941-yil 20-fevral, Dangʻara tumani) – matematik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000). Fizika matematika, fanlari doktori (1973), professor (1977). Toshkent Davlat Universitetining mexanika,matematika fakultetini tugatgan (1963). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Matematika institutida kichik, katta ilmiy xodim, soʻngra ehtimollar nazariyasi boʻlimi mudiri, bosh ilmiy xodim (1965— 1988, 1996-2003). Oʻzbekiston Milliy universiteti ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasi mudiri (1988-1996, 2004-yildan professor). Nizomiy nomidagi Toshkent Pedagogika universiteti matematika oʻqitish metodikasi kafedrasi mudiri (2003 – 2004). Ilmiy ishlari Markov zanjiri boʻyicha bogʻlangan tasodifiy miqdorlar va vektorlar uchun limit teoremalariga oid. Ehtimollar nazariyasining limit teoremalari boʻyicha turkum ishlarni bajargan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1973).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |