Shokirxon Mirzaboboyeva

ip yigiruvchi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni

Shokirxon Mirzaboboyeva (1938-yil, Fargʻona, Fargʻona viloyati — ?) — ip yigiruvchi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1981).

Shokirxon Mirzaboboyeva
Tavalludi 1938-yil
Vafoti nomaʼlum
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi Yengil sanoat xodimi,ip yigiruvchi
Unvoni
Mukofotlari

Tarjimayi holi tahrir

Shokirxon Mirzaboboyeva 1938-yili Oʻzbekiston SSR Fargʻona viloyati Fargʻona shahrida tavallud topgan[1]. Millati oʻzbek. Oʻrta maktabni hamda fabrika-zavod tayyorlov maktabini tugatgan keyin 1950-yil oʻrtalarida Feliks Dzerjinskiy nomidagi Fargʻona toʻqimachilik kombinatida ish boshlaydi[2]. Qisqa vaqt ichida ip yigiruvchi koʻnikmasini egallaydi. Oʻz faoliyatida yengil sanoatda ip yigirishning ilg‘or usullari qo‘lladi, buning natijasida ishlab chiqarish topshiriqlarini muddatidan oldin bajarishga erishdi. Qilgan mehnati uchun 8-besh yillikda (1966—1970) Mirzaboboyeva 1971-yili Mehnat qizil bayrogʻi ordeni, 9-besh yillikdagi (1971—1975) yutuqlari uchun 1974-yilda Oktyabr inqilobi ordeni bilan taqdirlanadi. Keyingi 10-besh yillikda (1976—1980) Oʻzbekiston SSR yengil sanoatida ip yigirish boʻyicha yetakchilikni saqlab qolib, ishlarining natijasiga koʻra sotsialistik musoqbaqada gʻoliblikka erishadi[1]. 1981-yil 17-martda SSSR Oliy Soveti Prezidiumi farmoniga asosan Mirzaboboyeva „Sotsialistik Mehnat Qahramoni“ unvoni hamda Lenin ordeni va „Oʻroq va bolgʻa“ oltin medali bilan taqdirlanadi[1][2]. KPSSning 25-syezdida delegat etib saylangan[3]. Fargʻona shahrida istiqomat qilgan. Keyingi taqdiri nomaʼlum.

Mukofotlari tahrir

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 „Mirzababayeva Shakirxon“ (rus tilida). 2023-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-iyun.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Ukaz Prezdiuma Verxovnogo Soveta SSSR“ (rus tilida). 2021-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-iyun.
  3. „Fotohisobot“ (rus tilida). „Pravda Vostoka“ gazetasi, №258 (18230) (1976-yil 3-noyabr). 2023-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-iyun.