Shotlandiya ayollar Premier-ligasi

Shotlandiya ayollar Premier-ligasi (qisqartma holida baʼzi manbalarda SWPL koʻrinishida ham uchraydi) Shotlandiyadagi ayollar futbolidagi eng yuqori darajadagi liga musobaqasidir. Shotlandiya ayollar Premier-ligasining ikkita diviziyasi bor: (SWPL 1| 1-diviziya) va SWPL 2|2-diviziya).

Shotlandiya ayollar Premer-ligasi
Davlat Shotlandiya Shotlandiya
Konfederatsiya UEFA
Futbol tuzilmasidagi oʻrni 1-2
Jamoalar soni 20 ta
Pastki liga Shotlandiya ayollar futbol liga chempionati
Ichki kuboklar Shotlandiya ayollar kubogi
Xalqaro musobaqalar UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi
Amaldagi chempion Rangers W.F.C (1-marta)
Eng koʻp marta chempion Glasgow City] (15 marta)
TV hamkorlar [BBC Alba, BBC Scotland telekanallari
Veb-sayt womenspremierleague.co.uk
Amaldagi oʻyin 2022-2023Shotlandiya ayollar Premer-ligasi

Diviziyalardagi jamoalar soniga toʻxtalsa, (2022—2023-yilgi mavsumda) SWPL 1da 12 ta va SWPL 2da sakkizta klub ishtirok etayotgan edi. Shotlandiya ayollar Premier-ligasida Glasgow City jamoasi 15 marta liga chempionligini qoʻlga kiritgan (shu jumladan, 2007-yildan 2021-yilgacha ketma-ket 14 marta)[1]. Shotlandiya ayollar Premier-ligasi 1-diviziyasi chempioni va ikkinchi oʻrin egalari UEFA Ayollar Chempionlar Ligasiga yoʻllanma olishadi[2].

2002-yildan boshlab Shotlandiya ayollar Premier-ligasi Shotlandiya ayollar futboli federatsiyasi tomonidan boshqariladi. Biroq keyinchalik Shotlandiya ayollar Premier-ligasi boshqaruvi 2007-yilda Shotlandiya Futbol Assotsiatsiyasi[3], 2022-yilda Shotlandiya Professional Futbol Ligasiga[4] oʻtgan. Shotlandiya ayollar Premier-ligasi 2009-yildan 2020-yilgacha yoz-mavsum formatida (aprel oyidan oktabr oyigacha) oʻtkazilgan.

Glasgwo City, Shotlandiya ayollar Premier-ligasining eng muvaffaqiyatli klubi.
Motherwell jamoasi 2018-yilda Shotlandiya ayollar Premier-ligasi 2-diviziya kubogi qoʻlga kiritdi

Formati

tahrir

2002—2003-yildan 2008—2009-yilgacha Shotlandiya ayollar Premier-ligasi Shotlandiya erkalar Premier-ligasi singari Shotlandiya futbolining anʼanaviy kuz-bahor taqvimiga amal qildi. Lekin keyinchalik Shotlandiya ayollar futboli federatsiyasi barcha ligalarni yozgi formatga oʻzgartirdi va Shotlandiya ayollar Premier-ligasini 2009-yildan 2020-yilgacha apreldan noyabrgacha davom etadigan yozgi ligaga aylandi. 2020-yilgi Shotlandiya ayollar Premier-ligasi mavsumi COVID-19 tufayli bekor qilindi va Shotlandiya ayollar futboli 2020—2021-yilgi mavsumdan boshlab yana qish mavsumi formatiga qaytdi.

Shotlandiya ayollar Premier-ligasi chempionlari 2003-yildan beri UEFA Ayollar Kubogi/Ayollar Chempionlar Ligasida qatnashish huquqiga ega. 2001-yilda Shotlandiya ayollar Premier-ligasining Ayr Yunayted jamoasi UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi saralashidan oʻtgan birinchi Shotlandiya klubi boʻlgan. „Glasgow City“ UEFA Ayollar Chempionlar Ligasida 1/8 finalga (2008—2009) va chorak finalga (2014-2015, 2019-2020) yetib kelgan birinchi UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi klubi boʻldi[5].

2022—2023-yilgi mavsum jamoalari

tahrir

Shotlandiya ayollar Premier-ligasi 1-diviziya

tahrir
 
Hamilton Academical jamoasining uy maydoni, New Duglas park
Klub Joylashgan shahar Uy stadioni Sigʻimi 2021—2022-yilgi mavsumdagi oʻrni
Aberdeen Cove Bay Balmoral Stadium 2,602 5
Celtic Airdrie Excelsior Stadium 10,101 3
Dundee United Dundee Gussie Park aniqlanmagan 1 (2-diviziyada)
Glasgow City Springburn Petershill Park 1,000 2nd
Glasgow Women Glasgow New Tinto Park 1,000 2 (2-diviziyada)
Hamilton Academical Hamilton New Douglas Park 6,018 10
Heart of Midlothian Edinburgh Oriam 1,000 8
Hibernian Edinburgh Meadowbank Stadium aniqlanmagan 4
Motherwell Motherwell Alliance Park 500 7
Partick Thistle Springburn Petershill Park 1,000 9
Rangers Milngavie Broadwood Stadium 8,086 1
Spartans Edinburgh Ainslie Park 3,000 6

Shotlandiya ayollar Premier-ligasi 2-diviziya

tahrir
 
Kilmarnok jamoasining uy stadioni, Regby Park
Klub Joylashgan shahar Uy stadioni Sigʻimi 2021—2022-yilgi mavsumdagi oʻrni
Boroughmuir Thistle Edinburgh Meadowbank Stadium aniqlanmagan 3
East Fife Methil Bayview Stadium 1,980 2nd (Shimoliy chempionatda)
Gartcairn Airdrie MTC Park 300 1st (Janubiy chempionatda)
Kilmarnock Kilmarnock Rugby Park 17,889 4
Montrose Montrose Links Park 4,936 1st (Shimoliy chempionatda)
Queenʼs Park Glasgow Lesser Hampden 1,000 6
St Johnstone Perth McDiarmid Park 10,696 5
Stirling University Stirling Gannochy Sports Centre 1,000 7

Chempion jamoalar roʻyxati

tahrir

Quyida Shotlandiya ayollar Premier-ligasi 1- va 2-diviziya mavsumlari chempion jamoalari roʻyxati berilgan[6].

Shotlandiya ayollar Premier-ligasi 1-diviziyasi

Mavsum Chempion Ikkinchi oʻrin Man.
2002-2003 Kilmarnock Hibernian [6]
2003-2004 Hibernian Glasgow City
2004-2005 Glasgow City Hibernian [7][8]
2005-2006 Hibernian Glasgow City
2006-2007 Hibernian Glasgow City
2007-2008 Glasgow City Hibernian
2008-2009 Glasgow City Spartans
2009 Glasgow City Celtic [6]
2010 Glasgow City Celtic [6]
2011 Glasgow City Spartans [9]
2012 Glasgow City Forfar Farmington [10]
2013 Glasgow City Hibernian
2014 Glasgow City Rangers
2015 Glasgow City Hibernian
2016 Glasgow City Hibernian [11]
2017 Glasgow City Hibernian
2018 Glasgow City Hibernian [12]
2019 Glasgow City Hibernian
2020 Toʻxtatilgan
2020-2021 Glasgow City Celtic
2021-2022 Rangers Glasgow City [13][14]

Chempion jamoalar reytingi

tahrir
Reyting Klub Chempion Ikkinchi oʻrin
1 Glasgow City 15 3
2 Hibernian 3 9
3 Rangers 1 1
4 Kilmarnock 1 0
5 Celtic 0 3
6 Spartans 0 2
7 Forfar Farmington 0 1

Shotlandiya ayollar Premier-ligasi 2-diviziya

tahrir
Mavsum Chempion Ikkinchi oʻrin Man.
2016 Hamilton Academical Heart of Midlothian
2017 Forfar Farmington Glasgow Girls
2018 Motherwell FC Kilmarnock
2019 Heart of Midlothian Hamilton Academical
2020 Toʻxtatilgan
2020-2021 Aberdeen Hamilton Academical
2021-2022 Dundee United Glasgow Women [15]

Chempion jamoalar reytingi

tahrir
Reyting Klub Chempion Ikkinchi oʻrin
1 Hamilton Academical 1 2
2 Heart of Midlothian 1 1
3 Forfar, Motherwell, Aberdeen,
Dundee United
1 0
4 Glasgow Girls & Women 0 2
5 Kilmarnock 0 1

Translyatsiya qilish

tahrir

2018-yil sentabr oyidan BBC Alba telekanali 2018-yilgi mavsumning qolgan qismida toʻrtta Shotlandiya ayollar Premier-ligasi 1-diviziya oʻyinini translyatsiya qilishi eʼlon qilindi[16].

Homiylik

tahrir

2002—2003-yillarda Shotlandiya ayollar Premier-ligasi homiysi Thompsons Solicitors tashkiloti edi[17]. 2018-yildan boshlab Shotlandiya ayollar Premier-ligasiga Shotlandiya qurilish jamiyati homiylik qildi[18]. 2021-yil noyabr oyida Shotlandiya ayollar Premier-ligasiga Park’s Motor Group tashkiloti homiy boʻldi[19].

Manbalar

tahrir
  1. Schöggl. „Scotland (Women) - List of Champions“. RSSSF.
  2. „2022/23 Women's Champions League: dates, access list, full guide (Wednesday 20 October 2021)“. uefa.com. UEFA.
  3. „Women's football: SFA in charge as Celts join up“. Glasgow Times (9-avgust 2007-yil). 5-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „SWPL to be administered by the SPFL for season 2022/23“. Scottish Women's Football (15-fevral 2022-yil). 2022-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „2022/23 Women's Champions League: dates, access list, full guide (Wednesday 20 October 2021)“. uefa.com. UEFA.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 Schöggl. „Scotland (Women) - List of Champions“. RSSSF.
  7. Clark, Ginny. „WOMEN'S FOOTBALL: City closing in on glory.“. Daily Record (25-may 2005-yil).
  8. Clark, Ginny. „WOMEN'S FOOTBALL: Glory at last for City girls.“. Daily Record (1-iyun 2005-yil).
  9. „Glasgow City clinch Scottish Women's Premier League“. BBC (2-oktabr 2011-yil). Qaraldi: 2011-yil 2-oktyabr.
  10. „Glasgow City beat Aberdeen as they lift sixth SWPL title“. BBC (28-oktabr 2012-yil). Qaraldi: 2012-yil 30-oktyabr.
  11. „Glasgow City secure 10 in a row with a 3-1 win over Hibernian“. glasgowlive.co.uk (23-oktabr 2016-yil). Qaraldi: 23-oktabr 2016-yil.
  12. „SWPL: Glasgow City beat Spartans to claim 12th title in a row“. BBC Sport (28-oktabr 2018-yil). Qaraldi: 28-oktabr 2018-yil.
  13. „Park’s SWPL: Rangers Women champions for first time“. She Kicks. 9-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  14. Rangers end 14 years of Glasgow City dominance with historic SWPL title win, Rangers News, 8 May 2022
  15. „Glasgow Women promoted in thrilling final day for SWPL - Scottish Women's Football“. SWF. 15-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  16. „BBC ALBA set to broadcast four Scottish Building Society SWPL games“. Scottish Women's Premier League (4-sentabr 2018-yil). 31-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-sentabr 2022-yil.
  17. „HIBERNIAN CLOSE THE GAP“. SWFA. 2003-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan.
  18. „Scottish women's champions to receive prize money for first time“. BBC Sport. BBC (24-avgust 2017-yil). Qaraldi: 24-avgust 2017-yil.
  19. Diamond. „Historic new sponsorship deal for Scottish top flight“. Her Football Hub (22-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 22-noyabr 2021-yil.

Havolalar

tahrir