Shotlandlar — xalq, Shotlandiya va unga qoʻshni orollarning asosiy aholisi (5,18 mln. kishi). Umumiy soni 6,1 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Shotland tilini soʻzlashadi. Dindorlari — aksariyat, presviterianlar (gellar etnografiya guruhidan tashqari). shahrining etnik asosini mahalliy pikglar va 5—6-asrlarda Irlandiya o.dan koʻchib kelgan kelt kabilaparidan skottlar tashkil etgan; 7-asrda ular Shotlandiyaga koʻchib oʻtgan germanlarning angl (ingl) va saks qabilalari bilan qisman aralashib, ularning tilini qabul qilishgan. Shotland zlatining shakllanish jarayoni shotland davlatining tashkil topishi (11-asr) va ingliz bosqinchilariga qarshi kurash davrida sodir boʻddi. Anʼanaviy madaniyati va turmushining asosiy belgilariga koʻra Sh. irlandlarta yaqin. Togʻli tumanlarda ularda 18-asrda ham klanlarga ajralish tizimi saqlanib qolgan. Sh., asosan, koʻp tarmoqli sanoat va xizmat koʻrsatish sohasida band. Qishloq xo'jaligining anʼanaviy tarmogʻi — qoʻychilik.