Shovultorondoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt oʻsimlik turi; sabzavot ekini. Boʻyi 30—75 sm. Ildizi sershox. Ildiz oldidagi barg plastinkasining tubi yuraksimon, yumaloq yoki ponasimon. Gullari ikki jinsli, barglari ingichka, nashtarsimon, tubi ponasimon. Iyun—iyul oylarida gullab urugʻlaydi. Urugʻi 2—3° da unib chiqadi. Bargi tez oʻsadi, birinchi yili 2 marta, keyingi yillarda 3—4 marta terib olinadi. Tarkibida oqsil, mineral tuzlar, A, S, V vitaminlari bor. Sh. sovuqqa chidamli, namsevar oʻsimlik.