Shovush
Shovush — daryolar suvi yuzasidan muz parchalari va qor uyumlarining oqishi. Sh. suv osti muzlarining suv yuzasiga qalqib chiqishi, qirgʻoq muzlarining sinib parchalanishi va suv betiga qor tushib qolishi natijasida hosil boʻladi. Sh. muzi tiqilib toʻxtab qolgan paytlarda suv sathi keskin koʻtarilib, tevarakatrofdagi yerlarni suv bosish xavfi koʻpayadi. Bunday holatlarda daryo yuzasidan qoplab yotgan muzni parchalab, shahriga yoʻl ochib yuborish kerak. Oʻrta mintaqa daryolarida Sh. kuz va bahorda, Oʻrta Osiyo daryolarida qishda kuzatiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |