Shox parda perforatsiyasi
Shox parda perforatsiyasi (teshilishi) – shox parda yuzasining shikastlanishi natijasida yuzaga keladigan anomaliya. Shox pardaning teshilishi dastavval shox pardaning ingichkalashganligini va shu hisobiga shox pardaning shikastlanganligini bildiradi. Shox parda koʻzning shaffof, nur oʻtkazib beruvchi qismi boʻlib, yorugʻlikning koʻzga tushishini nazorat qiladi va markazlashtiradi. Shox pardaning perforatsiyasi shox pardaning shikastlanishi, koʻrish oʻtkirligining pasayishiga olib kelishi mumkin.
Shox parda perforatsiyasi | |
---|---|
Mutaxassislik | Oftalmologiya |
Sabablari | Shox parda kasalliklar, jarrohlik paytidagi jarohatlar va ikkilamchi infeksiyalar |
Tashxis usullari | Seidel testi |
Davolash | To'qima birlashtiruvchilar, boylam qo'yish, lamellyar keratoplastika |
Belgilari
tahrirShox parda teshilishi koʻrishda qiyinchilik va doimiy koʻz ogʻrigʻiga olib keladi. Bunda tibbiy tekshiruvlarda shox pardaning rangi oʻzgarishini aniqlash mumkin.
Sabablari
tahrirShox pardaning teshilishi shox parda kasalliklari, koʻz jarrohligi paytidagi jarohatlar, jarrohlik yoki baʼzi muolajalardan keyin rivojlanishi mumkin boʻlgan ikklamchi koʻz infeksiyalari tufayli yuzaga keladi. Pellyusidal marginal degeneratsiya (PMD) holati shox pardaning ingichkalashishiga sabab boʻlishi mumkin, bu esa perforatsiyaga olib keladi[1].
Diagnostikasi
tahrirShox parda perforatsiyasini Seidel testi yordamida aniqlash mumkin[2]. Seidel testi davomida har qanday suyuqlik oqishi aniqlansa, bu hol shox parda teshilganligini tasdiqlaydi. Testni oʻtkazishda yaraning ustiga flyuoressent tasma qoʻyiladi. Agar koʻzdan chiqqan tiniq suyuqlik sariq boʻyoqdan oʻtib ketsa, bemor shox parda teshilishi testi natijasi ijobiy boʻladi.
Davolash
tahrirShox parda teshilishini davolash perforatsiyaning joyi, oʻtkirligi va shikastlanishning sababiga bogʻliq:
- Kichkina teshiklarni yopish uchun toʻqimalarni birlashtiruvchi vositadan foydalanish mumkin, ammo bu usul 1mm dan katta oʻlchamdagi teshiklarni davolash uchun ishlatilmaydi.
- Infeksiyalanmagan shox parda teshilishi odatda bogʻlamlardan foydalanib davolanadi.
- Shox parda perforatsiyalarining ayrim turlarini davolash uchun lamellyar keratoplastika qoʻllanadi.
Manbalar
tahrir- ↑ Jinabhai, Amit; Radhakrishnan, Hema; o’Donnell, Clare (2011). "Pellucid corneal marginal degeneration: A review". Contact Lens and Anterior Eye 34 (2): 56–63. doi:10.1016/j.clae.2010.11.007. PMID 21185225.
- ↑ „Seidel Test - EyeWiki“. eyewiki.aao.org.
Havolalar
tahrir- http://www.haematologica.org/cgi/reprint/90/3/ECR15.pdf (Wayback Machine saytida 2011-10-02 sanasida arxivlangan)
- http://www.lasermyeye.org/patients/learning/cornealperf.html (Wayback Machine saytida 2012-02-22 sanasida arxivlangan)
- http://www.ijo.in/article.asp?issn=0301-4738;year=1983;volume=31;issue=5;spage=667;epage=668;aulast=Raju