Shoxista Maxmaraimova
Shoxista Toʻxtashevna Maxmaraimova (1976-yil 23-fevral, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, filologiya fanlari doktori, professor.
Shoxista Maxmaraimova | |
---|---|
Tavalludi |
23-fevral 1976-yil Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ish joylari | Termiz davlat universiteti |
Taʼlimi | Termiz davlat universiteti |
Ilmiy darajasi | filologiya fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirShoxista Maxmaraimova 1976-yil 23-fevralda tugʻilgan. 1998—2000-yillarda „Jarqoʻrgʻon“ gazetasining muxbiri, 2000—2004-yillarda Termiz davlat universiteti filologiya fakulteti oʻzbek tili va adabiyoti boʻlimi talabasi[1], 2004—2006-yillarda Termiz davlat universiteti magistratura boʻlimining „Lingvistika“ boʻlimi talabasi, 2006—2015-yillarda Termiz davlat universiteti Pedagogika fakulteti boshlangʻich taʼlim metodikasi kafedrasida oʻqituvchi, 2015—2016-yillarda Termiz davlat universiteti Pedagogika fakulteti boshlangʻich taʼlim metodikasi kafedrasida katta oʻqituvchi, 2017—2018-yillarda Termiz davlat universiteti oʻzbek tilshunosligi kafedrasining tayanch doktoranti, 2019—2020-yillarda Termiz davlat universiteti oʻzbek tilshunosligi kafedrasi katta oʻqituvchisi, 2021—2022-yillarda Termiz davlat universiteti oʻzbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti lavozimida ishlagan. 2022-yildan Termiz davlat universiteti oʻzbek tilshunosligi kafedrasida professor[1].
Ilmiy faoliyati
tahrirShoxista Maxmaraimova 2018-yilda „Olamning milliy lisoniy tasvirida teomorfik metaforaning kognitiv aspekti“ mavzusidagi falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan. 2020-yilda Samarqand davlat universitetida „Oʻzbek tili metaforalarining antropotsentrik tadqiqi (nominativ aspekt)“ mavzusida filologiya fanlari doktori dissertatsiyasini himoya qilgan. 2020-yilda dotsent ilmiy unvoni berilgan[1].
Ilmiy ishlari
tahrir- Olamning milliy lisoniy tasvirida metafora (oʻzbek teomorfik metaforalari materiallari misolida) / Monografiya. — Toshkent: Nodirabegim, 2019.
- Oʻzbek tili metaforalarining antropotsentrik tadqiqi (nominativ aspekt) / Monografiya. — Termiz, 2020.
- Sohada oʻzbek tilining qollanishi / darslik-Termiz: TerDU NMM nashriyoti, 2022.
- „Oʻzbek til milliy korpusining sinonim soʻzlar bazasi“(hammualliflikda) dasturining on-layn versiyasi-Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi.
- Boshlangʻich sinf ona tili darslarida modulli yondashuv / Uslubiy qoʻllanma.-Termiz: Surxonnashr, 2020.
- Hozirgi oʻzbek tili (leksikologiya) / oʻquv qoʻllanma. 2 jildlik.- Toshkent: Firdavs-Shoh, 2021
- Lingvokulturologiya. Oʻquv qoʻllanma. — Toshkent: Choʻlpon NMIU, 2017.
- Oʻzbek tili teomorfik metaforalarining qisqacha konseptual lugʻati.-Toshkent: Choʻlpon NMIU, 2018
- Hozirgi oʻzbek adabiy tili (hammualliflikda elektron darslik).-Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi, 2016 yil, 26 sentyabr
- Modern-uygʻonish demak. Ilmiy risola.-Toshkent, 2009
- Kaftdagi umr. (dotsent S.Rahimovning hayot yoʻli va ilmiy-ijodiy faoliyatiga bagʻishlangan biografik kitob). — Termiz, 2010.
Mukofotlari
tahrir2000-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureati, 1990-yilda Qrimda „Yer—umumiy uyimiz“ mavzusida oʻtkazilgan ijodiy tanlov gʻolibi[1].