Shoyim Bo‘tayev

yozuvchi va kinodramaturg, noshir, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi va „Doʻstlik“ (2002) ordeni sohibi

Shoyim Boʻtayev (1959-yil 20-iyun) — yozuvchi va kinodramaturg, noshir, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi va „Doʻstlik“ (2002) ordeni sohibi[1][2].

Shoim Boʻtayev
Tavalludi 20-iyun 1959-yil
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Shoh asari „Sirli yulduzlar“
"Dunyoning sarhisobi bor"
"Endi bari boshqacha"
Mukofotlari

Tarjimai hol

tahrir

1959-yil 20-iyunda Tojikistonning Oʻratepa tumanidagi Maydoncha qishlogʻida tugʻilgan.

O‘rta maktabni 1976-yilda tamomlagan va 1982-yili Leninobod hozirgi Xo‘jand Davlat pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetini tugatgan.

Mehnat faoliyatini „Guliston“ jurnalidan boshlab, keyinchalik „Tong yulduzi“ gazetasida boʻlim mudiri, „Choʻlpon“ nashriyotida muharrir boʻlib ishladi.

Oʻzbekiston radiosining „Adabiyot va radioteatr“ muharririyatining bosh muharriri hamda „Oʻzbektelefilm“ studiyasi bosh muharriri lavozimlarida faoliyat yuritdi.

Asarlari

tahrir

Hikoyalar toʻplami

  • „Sirli yulduzlar“ nomli ilk qissasi „Sharq yulduzi“ jurnalida 1984-yili bosildi;
  • Xuddi shu yili „Dunyoning sarhisobi bor“ qissalar toʻplami chop etildi;
  • „Endi bari boshqacha“ hikoyalar toʻplami (1988);
  • „Shamol oʻyini“ nomli qissa va hikoyalar majmuasi (1995);
  • „Qoʻrgʻonlangan oy“ romani (1996);
  • „Kunbotardagi bogʻ“;
  • „Hayot“, „Koʻchada qolgan ovoz“ qissa va hikoyalar toʻplamlari ketma-ket nashr qilingan.

Esselari „Qoʻrgʻonlangan oy“, „Shoh“, „Yettinchi tong“ romanlari, „Shukur Burhon“, „Odil Yoqubov fenomeni“, „Shukur, ayt-chi bu hayot nima?“ (Shukur Xolmirzayev haqida) esselari bilan kitobxonlar orasida keng tanilgan. „Orfey iltijosi xaloskori“(I. V. Savitskiy haqida)[3] deb nomlangan essesi „Eng ulugʻ, eng aziz“ Respublika koʻrik tanlovida gʻolib boʻlgan. Teleseriallar „Bogʻ“, „Dil payvandi“, „Qaldirgʻochlar yana qaytadi“, „Beshovlon“ singari teleseriallar hamda „Muzaffar“, „Sarvinoz“ deb nomlangan badiiy filmlar adabiy ssenariylariga, shuningdek, oʻnlab hujjatli filmlar va radiopostanovkalar ssenariylariga mualliflik qilgan.

Ayni damda yozuvchi „Shox“ nomli romani ustida ish olib bormoqda.

Yozuvchining bir qator asarlari rus, tojik, nemis va ingliz tillariga tarjima qilingan.

Shoyim Boʻtayev adabiy-ijtimoiy faoliyati davlat tomonidan munosib baholanib 2002-yilda yuksak mukofot — „Doʻstlik“ ordeni bilan taqdirlandi.

Taniqli yozuvchi, kinodramaturg Shoyim Bo‘tayev adabiyot ixlosmandlarining chanqogʻini qondirish maqsadida madaniy va maʼrifiy tadbirlada faol ishtirok etib[4][5], inson tafakkurini oʻsishiga, maʼnaviy dunyoqarashini boyitishda kitobxonlik va kitobsevarlikning oʻrni beqiyos ekanligini alohida tarannum etadi.[6]

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir