Shreder ertagisi
Shreder ertagisi (chillakisi) - xoʻraki uzum navi. Sharqiy ekologikgeografik navlar guruhiga kiradi. Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tekshirish institutida erkin changlangan duragay urugʻlardan olingan nihollardan tanlab chiqarilgan (M.M. Mirzayev). Akademik R.R. Shreder sharafiga uning nomi bilan atalgan. Tupi kuchli oʻsadi. Guli ikki jinsli. Uzum boshlari yirik (400—450 g gacha), keng konussimon, oʻrtacha tigʻiz. Gʻujumlari yirik (1820 mm) ovalsimon, baʼzan uchi yoʻgʻonlashgan, toʻq qizil, uchi binafsharang, eti tigʻiz, karsillaydi, mayin, xushboʻy, mazali. Tarkibida qand miqdori 18-19%, nordonligi 6—8%. iyul boshlarida pishib yetiladi. Hosildorligi 120—150 s/ga. Oʻzbekistonning barcha viloyatlarida ekiladi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |