Shtamm (nem. tana, asos) — morfologik va fiziologik xususiyatlari oʻrganilgan mikroorganizmlarning sof oʻstirib olingan namunalari. Bir turdagi bakteriya, virus, mikroskopik zamburugʻlarning oʻzi yashash manbalari va qator xususiyatlari, mas, antibiotiklarga sezgirligi, toksinlar, fermentlar hosil qilishga layoqati va boshqalar bilan bir-biridan farq qiladigan juda koʻp Sh.larga ega boʻladi.

SH.lar yetishtirish morfologik belgilariga koʻra mitselial, mikroskleriotsial, koloniyalari tez va sekin oʻsadigan va h.k. Sh.larga boʻlinadi. Sanoatda oqsillar, antibiotiklar (shu jumladan, fermentlar), organik kislotalar va boshqalarning mikrobiologik sintezida qoʻllanadigan mikroorganizmlarning sof oʻstirib olingan Sh.lari seleksiya natijasida olingan yovvoyi Sh.larga nisbatan sermahsul hisoblanadi.