Shtolnya (nem.) - konchilik ishlarida foydalanish uchun belgilangan, yer yuzasiga chiqish yoʻliga ega boʻlgan, yon bagʻir boʻylab qazilgan gorizontal kon inshooti. Suv oqishi uchun biroz qiyalab oʻtkaziladi. Sh.lar razvedka jarayonida va konni oʻzlashtirishda ishlatiladi. Ularning shakli, koʻndalang kesimining oʻlchami va mustahkamlagich tipi togʻ geologiyasi va togʻtexnik sharoitlariga qarab tanlanadi. Sh.lar maqsadiga koʻra transportli, shamollatuvchi va suv oqizib chiqaruvchilarga boʻlinadi.