Richard Strauss
Richard Strauss (1864.11.6 — Myunxen — 1949.8.9, GarmishPartenkirxen, Myunxen yaqinida) — nemis kompozitori va dirijyor. 1885-yildan Germaniya va Avstriya simfonik va opera orkestrlarida ishlab dirijyor sifatida tanilgan; baletlar, 2 simfoniya, fantaziya ("Italiyadan", 1886), simfonik poemalar ("Don Juan", 1888; "Qahramon hayoti", 1898 va boshqalar), variatsiya, konsertlar, kamer cholgʻu asarlar, xorlar, qoʻshiqlar va boshqalar muallifi. Keng koʻlamli Sh. ijodi garmoniya va orkestr boʻyoklarining rangbarangligi, mavzularining oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, simfonik poemalari mashhur. Ularda F. List va G.Berliozning dasturli simfonizm anʼanalarini, shuningdek, R. Vagnerning orkestrlashdagi yutuqlarini rivojlantirgan. Asarlarida ekspressionizm, neoklassitsizm, F. Nitsshe falsafasi (xususan, "Zardusht tavallosi" simfonik poemasi, 1896) taʼsiri bor. Sh. ijodi 20-asr Yevropa musiqasiga katta taʼsir koʻrsatgan. Eng yaxshi asarlariga hayotbaxshligi, insonparvarlik, goʻzallikni tarannum etishi xos. Geydelberg, Oksford va Myunxen untlari faxriy doktori. Berlin va Vena Sanʼat akademiyalari aʼzosi.
Richard Strauss | |
---|---|
Tavalludi | 11-iyun 1864[1][2] |
Vafoti | 8-sentyabr 1949[3][1][2] |
Fuqaroligi | Germaniya[4] |
Otasi | Franz Strauss |
Onasi | Josephine Strauss |
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 (unspecified title)
- ↑ 2,0 2,1 (unspecified title)
- ↑ // (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |