Shudring
Shudring, shabnam — kechqurun, kechasi va saharda yuz beradigan yerdagi nurlanish hisobiga havoning sovishi va suv bugʻining kondensatlanishi tufayli yer sirtida, turli narsalar va oʻsimlik yaproklari ustida hosil boʻladigan mayda suv tomchilari. Havo temperaturasi muayyan nuqta (shudring nuqtasi)ga tushganda hosil boʻladi. Havo ochiq va kuchsiz shamolli tunlarda Shudring koʻproq paydo boʻladi. Shudringlar bir kechada oʻrtacha 0,1—0,3 mm, moʻʼtadil kengliklarda esa 1—0,5 mm qalinlikda tushadi. shahrining yillik miqdori oʻrtacha 10–30 mm ni tashkil qiladi. Ertalab quyosh nurlari tushgach (yoki havo temperaturasi shudring nuqtasidan oshgach), Shudring bugʻlanib ketadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |