Shukurov Sobirjon (1947.16.4 Toshkent — 2003.18.11) — naqqosh. Oʻzbekiston xalq ustasi (2003). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini (1967), Toshkent politexnika instituti meʼmorlik fakultetini (1976) tugatgan. 1980-yildan Respublika maxsus ijodiy ishlab chiqarish "Us to" uyushmasida faoliyat koʻrsatgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi binolarini, Samarqanddagi Imom al-Buxoriy majmuini va Buxoro viloyatidagi majmualarni naqqoshlikning qadimiy milliy uslubida bezashda muayyan hissa qoʻshgan. "Shuhrat" medali bilan mukofotlangan (1997).