Shukurullo Oqsoqol Hakimov
Shukurullo Oqsoqol Hakimov — Buxoro sektori taqsim qilgan 2325-sonli ish bo‘yicha otuvga hukm qilingan, 1882-yili tug‘ilgan, Buxoro shahridan, millatchi, aksilinqilobiy tashkilot “Milliy ittihod”ning aʼzosi, hibsga olingunga qadar Buxoro shahar soveti xo‘jaligi mudiri. Aksilinqilobiy, millatchi tashkilot “Milliy ittihod” ning ishtirokchisi, tashkilot aʼzolari o‘rtasida aloqa o‘rnatib, Xo‘jayevning ishdan olinishi munosabati bilan sovet hokimiyatiga norozilik bildirganlikda ayblangan.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 201-bet. ISBN 978-9943-00-240-1.