Shum bola
oʻzbek yozuvchisi Gʻafur Gʻulom qalamiga mansub qissa
„Shum bola“ — oʻzbek yozuvchisi va shoiri Gʻafur Gʻulom qalamiga mansub qissa. Muallif asarni 1936-yil yozgan. Qissa bir necha marta nashr qilingan. Qissada ijodkorning bolaligi, 20-asr boshidagi Toshkent hayoti tasvirlangan.
Muallif | Gʻafur Gʻulom |
---|---|
Janr | qissa |
Til | oʻzbekcha |
Sahifalar soni | 206[manba kerak] |
Qissa oʻtkir hajviy asar boʻlib, haqiqiy voqealar va shaxslar taqdiriga asoslangan. Asar markazida yozuvchining hayotidan olingan koʻp faktlar turgan boʻlsa-da, u avtobiografik emas. Unda haqiqiy tarixiy faktlarga nisbatan badiiy toʻqima, fantaziya kuchli.
Qissani F. Shayhutdinova[1] (1968) hamda A. Naumov[2] (1970) rus tiliga, V. Grimich[3] (1991) ukrain tiliga tarjima qilingan.
1977-yil asar asosida „Shum bola“ filmi suratga olingan. Film ham oʻzbek, ham xorijiy film tanqidchilari tahsiniga sazovor boʻlgan.
QahramonlarTahrirlash
- Qoravoy — shum bola
- Omon — Qoravoyning doʻsti
- Qodir aka — samovarchi
- Sulton — oʻgʻri
- Sharifjon — mulla
- Sariboy — boy
- Rahmatullo — sarkor
- Hoji bobo — mulla
- Adol — Sariboyning qizi
- Boʻriboyvachcha — Sariboyning oʻgʻli
- Badal — Sariboyning aravakashi
ManbalarTahrirlash
- ↑ „Shum bola“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 24-sentabr 2016-yil.
- ↑ „Shum bola“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 24-sentabr 2016-yil.
- ↑ „Shum bola“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 24-sentabr 2016-yil.
HavolalarTahrirlash
- „Shum bola“ Ziyouz saytida[sayt ishlamaydi]