Shumgʻiya, shumgiyoh — shumgʻiyadoshlar oilasiga mansub bir yoki koʻp yillik xlorofillsiz tekinxoʻr oʻsimliklar turkumi. Moʻʼtadil va subtropik mintaqalarda 150 dan ortiq turi tarqalgan. Oʻrta Osiyoda 7 dan ortiq turi — kungaboqar Sh.si, sershox Sh., karam Sh.si, misr Sh.si va boshqalar sabzavot va poliz ekinlari, kungaboqar, kartoshka, pomidor va boshqalar ekinlar dalalarida oʻsadi. Poyasi ochqoʻngʻir, sariqpushti yoki koʻkimtir etli, boʻyi 50 sm gacha. Ildizi kalta etli toʻqima (gaustoriy) ga aylangan. Gullari roʻvaksimon toʻpgulga yigʻilgan, chetdan changlanadi, mevasi koʻp urugʻli koʻsakcha. Shamol va suv orqali tarqalib, 15 yildan keyin ham unib chiqishi mumkin. Har bir turi bir xil oʻsimlik turida tekinxoʻrlik qiladi. Poliz ekinlari, kungaboqar, pomidor, tamaki va boshqalar oʻsimliklarga katta zarar yetkazadi. Sh. oʻsimliklar ildiziga soʻrgʻichlari bilan yopishib oladi va undan suv, oziq moddadarni soʻradi. Natijada oʻsimlik kuchsizlanadi, mevasining taʼmi yomonlashadi, hosiddorlik 50—70% ga kamayadi yoki oʻsimlik nrbud boʻladi. Kurash choralari: Sh. urugʻi pishmasdan oldin oʻtab tashlanadi, gerbitsidlar sepiladi, biologik kurash usulida lichinkasi Sh. urugʻi bilan oziqlanadigan fitomiza pashshasidan foydalaniladi.