SHUMKA – bir yoki bir necha toʻrtliklardan iborat boʻlgan hazilomuz ukrain xalq qoʻshigʻi. Shumka, odatda, oʻyinga tushib ijro etiladi. Uning misralari sakkiz hijodan iborat boʻladi va har misraning toʻrtinchi hijosidan keyin sezura tushadi. Misradagi ikki ritmli guruhda hijo bir xil nisbatda boʻladi. Shumkadagi ritmik qisqalik bevosita uning oʻyin-harakat paytidagi ijrosi bilan bogʻliqdir. Ukrain yozma adabiyotida T.G.Shevchenko, S.Rudanskiylar shumka shaklida she’rlar ijod qilishgan.

Manbalar

tahrir

JAHON ADABIYOTI TERMINLARINING QISQACHA IZOHLI LUGʻATI Toshkent Navroʻz nashtiyoti 2019-yil