Shuursizlik
Shuursizlik (huquqda) — aybdorni jinoiy masʼuliyatdan xalos qiladigan ruhiy holat. Ruhiy kasalligi yoki akli zaifligi sababli oʻz harakatlarining mohiyatini tushunmaydigan va oʻzini boshqara olmaydigan fuqaroni sud muomalaga layoqatsiz deb topishi mumkin. Bunday shaxs saylash va saylanish huquqiga ega emas (Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 117-modda). U jiddiy huquqlardan mahrum boʻlmasada, ularni oʻzi amalga oshirolmaydi (Oʻzbekiston Respublikasi FK, 30-modda). Qonunda koʻrsatilgan ijtimoiy xavfli qilmishni Sh. holatida sodir qilgan shaxs surunkali ruhiy kasalligi, ruhiy holati vaqtincha buzilganligi, aqli zaifligi yoki ruhiy kasalligi bois javobgarlikka tortilmaydi (Oʻzbekiston Respublikasi JK, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi MJK, 20-modda). Mastlik holati hamda giyohvandlik vositalaridan va odamning aqlirodasiga salbiy taʼsir etuvchi turli moddalardan kayflanish holati III. deb hisoblanmaydi va jinoiy javobgarlikdan ozod qilish uchun asos boʻlmaydi (Oʻzbekiston Respublikasi JK, 19-modda).
SH. holatida ijtimoiy xavfli harakat (harakatsizlik) sodir etgan, shuningdek, jinoyat ishi boʻyicha hukm chiqarulgunga qadar Sh. holatiga duchor boʻlganlarga jazo choralari qoʻllanilmaydi. Sud ajrimi asosida davolash uchun ularga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari belgilanishi mumkin (Oʻzbekiston Respublikasi JK, 67, 9196-moddalar; JPK, 565—581 moddalar).
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |