Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasi
Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasi — mamlakatning tabiiy fanlar boʻyicha oliy ilmiy muassasasi. 1739-yil Stokgolm shahrida tashkil etilgan. "Shvetsiya qirollik fanlar akademiyasi dokladlari", yilnoma hamda matematika, astronomiya, fizika, kimyo, geografiya, mineralogiya va geologiya, botanika, zoologiya. boʻyicha axborotlarni nashr etadi. Kutubxonasi (17-asr boshlarida tashkil etilgan)da 2 mln.dan ortiq asar saqlanadi. 1901-yildan fizika, kimyo, 1962-yildan iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofotlarini berish boʻyicha qaror chiqaradi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |