Shveysariyaliklar
Shveysariyaliklar - Shveysariya aholisining umumiy nomi. German-shveysariyaliklar (4,22 mln. kishi, 1990-yillar oʻrtalari), fransuz-shveysariyaliklar (1,16 mln. kishi), italyanshveysariyaliklar (230 ming kishi) va retoromanlar (60 ming kishi)dan iborat. Shunga koʻra, nemis, fransuz, italyan va retoroman tillarida soʻzlashadi. Dindorlari — protestantlar, qisman katoliklar.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |