Shvits qoramol zoti - sut goʻsht olish uchun boqiladigan zot. Shveysariyaning togʻli hududlarida Sharqdan qadimda keltirilgan kalta shoxli zotlarni uzoq tanlash yoʻli bilan chiqarilgan. Tusi qoʻngʻir. Shvits qoramol zoti z.ning sutgoʻsht, sut, goʻshtsut yoʻnalishidagi xillari bor, sutgoʻsht beradigan xili tanasining yirikligi, yagʻrindorligi bilan ajralib turadi. Goʻshtsut yoʻnalishidagi turining yelinlari kichik, tanasi ixcham. Issiq iqlimli hududlar sharoitiga tez moslashadi. Buqalarining oʻrtacha vazni 800–1000 kg, sigirlariniki 600–700 kg. Sut sogʻimi 6000–6500 kg, yogʻliligi 4,0—4,1%. Sersut sigirlar 16 t gacha sut beradi. Goʻshtdorligi yuqori, soʻyim chiqimi 60%. Shvits qoramol zotiz. koʻplab mamlakatlarda, jumladan, Fransiya, Italiya, AQSH, Kanada, Shimoliy va Janubiy Amerika mamlakatlarida va Afrikada keng tarqalgan.

Rossiyaga 1861-yildan, Oʻzbekistonga 1885-yildan boshlab keltirilgan. 1930-yildan "Savay" (Andijon viloyati), "Ovoshnoy", "Boyovut" (Toshkent viloyati), "Gʻallaorol", "Udarnik" (Jizzax viloyati) Shvits qoramol zotiz. naslchilik zavodlari tashkil etildi. Seleksionerlardan M.I.Samarsev va K.Madaminovlar Oʻzbekistonda Shvits qoramol zotiz. boʻyicha seleksiya ishlari rivojiga katta hissa qushgan;