Siddiq Rajabovich Rajabov [1910.19.3 (1.4), Qozogʻistonning xrz. Taroz shahri — 1993.28.2, Toshkent] — pedagog olim, ped. fanlari doktori (1958), professor (1959), SSSR Ped. Fanlar akademiyasi haqiqiy aʼzosi (1968), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964). Fargʻona pedagogika institutini tugatgan (1933). Ilmiypedagogik faoliyatini shu institutning ped. nazariyasi va tarixi kafedrasida assistentlikdan boshlagan. 1935-yildan Toshkent pedagogika institutida oʻqituvchi, 1941 — 42 yillarda maʼmuriy ishlarda. 1943-yildan "Qizil Uzbekistan" gazeta muharriri, 1947—61 va 1966-yildan Toshkent pedagogika institutining ped. kafedrasi mudiri. 1962 — 66 yillarda Oʻzbekiston ped. fanlari ilmiy tadqiqot instituta direktori. Ilmiy ishlari didaktika, ped. nazariyasi. Oʻzbekistonda ped. tarixi masalalariga bagʻishlangan.

Manbalar tahrir

  • Pedagogika fani taraqqiyotining baʼzi masalalari, T., 1977; Xalq maorifi va pedagogika fanining buyuk allomalari, T., 1990.