Sidi Brahim Riahiy maqbarasi
Sidi Brahim Riahiy maqbarasi (arabcha:زاوية سيدي براهيم الرياحي) Sidi Brahim Riahiy tomonidan asos solingan, Tunis madinasidagi ahamiyatga molik tarixiy inshoot.
Joylashuvi
tahrirMaqbara Sidi Brahim Riahiy koʻchasida, Dar Lasram va El Hafsiya tumani yaqinida joylashgan.
Tarixi
tahrirTunislik mashhur avliyo Sidi Brahim Riahiy oʻzining baʼzi oʻgʻillari, shayxlar va ilohiyot olimlari bilan bu maqbarada dafn etilgan[1]. Yodgorlik Ahmad I ibn Mustafobeyning buyrugʻiga binoan Tunisda Sidi Brahim Riahiy tomonidan keng yoyilgan soʻfiylar birodarligini vakillari uchun qurilgan. Keyinchalik Sadiqbey 1878-yilda Marokashdan hunarmandlarni olib kelib, bezaklarni takomillashtiradi va uni Madinaning eng goʻzal meʼmoriy durdonalaridan biriga aylantiradi[2][3].
Manbalar
tahrir- ↑ „Sidi Brahim Riahi“. Lapresse.tn.
- ↑ „Mausoleums of Tunis“. commune-tunis.gov.tn/.
- ↑ Sharīf, Aḥmad ibn al-ʻĪd ibn Muḥammad al-Akhḍar ibn Aḥmad al-Sāʼiḥ al-Ḥasanī, 1964-. Sīdī Ibrāhīm al-Riyāḥī : al-manārah al-zaytūnīyah fī al-ṭarīqah al-Tījānīyah, [Tunis], 2016. ISBN 978-9938-913-09-5. OCLC 964535071.