Sidi Saada maqbarasi, shuningdek, zaouiet Sidi Saada (arabcha: زاوية سيدي سعادة) nomi bilan ham tanilgan, Tunisdagi Sfaks medinasining zaviyalaridan biri va soʻfiylik marosimlarini oʻtkazuvchi Isaviyyachilarning shtab-kvartirasi[1].

Sidi Saada maqbarasiga kirish

Joylashuvi

tahrir

Maqbara Sfaks medinasining janubida joylashgan boʻlib, uchta koʻcha: gʻarbda Nahj El Bey (hozirgi Mongi-Slim koʻchasi), sharqda Scipion koʻchasi va shimolda El Issaviyya koʻchasi bilan chegaralangan. Binoning asosiy kirish qismi El issaviyya koʻchasida joylashgan[2].

Tarixi

tahrir

Yozma hujjatlar yoʻqligi sababli bu maqbaraning tarixi uzoq vaqt davomida sirli boʻlib qolgan. Birinchi marta 19-asr oʻrtalarida Bardo harbiy bilim yurti oʻquvchilari tomonidan oʻtkazilgan yodgorliklarni inventarizatsiya qilish vaqtida qayd etilgan. Old eshikdagi epigrafik yozuvga koʻra, u 1738-yilda qurilgan[3]. Ayrim tadqiqotchilar namozxona yodgorlikning qolgan qismidan avval, ziriylar hukmronligi davrida (11—12-asrlar oraligʻida) qurilganligini taʼkidlaydilar[4]. Dastlab oddiy notiqlik uyi sifatida qurilgan inshoot, 1863-yilda mahalliy musulmon avliyosi Sidi Saada Kanun nomidagi maqbaraga aylantirilgan. Oʻsha kundan boshlab yodgorlik Isaviyya soʻfiy birodarligining qarorgohi boʻlib xizmat qiladi. Sidi Saada maqbarasida bir nechta marta taʼmirlash ishlari oʻtkazilgan[3].

Tarifi

tahrir

Arxitekturasi

tahrir

Maqbara uzunligi 15,10 m (Shimol-Janub) va eni 12,20 m (Sharqiy-Gʻarbiy) boʻlgan toʻrtburchak shaklda qurilgan. Dastlab, u toʻrtburchak shaklidagi namozxona va ochiq hovlidan iborat boʻlgan. Binoning zaviyaga aylantirilishi bilan hovli namozxonaga qoʻshib yuborilgan[5], bu yerdagi mehrob yonida Sidi Saada dafn etilgan xona joylashgan. Asosiy kirish eshigi yonida tahorat olish uchun kichik xona mavjud[6][7].

Qurilish rejimi

tahrir

Maqbaraning yogʻochdan yasalgan tomi yarim doira arklar va kvadrat ustunlar bilan mustahkamlangan[8][9].

Asosiy fasad

tahrir

Yodgorlikka bezatilgan tosh ramkaga ega (qoliplar, geometrik va gulli naqshlar, sopol koshinlar, epigrafik yozuv va boshqalar), oʻyilgan yogʻoch eshik orqali kirish mumkin. Kirish eshigining ikki tomonida tosh ramkali ikkita simmetrik temir derazalar mavjud[10].

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Mahfoudh, Faouzi. City of Sfax: Monumental architectural researches and urban development, Sourbonne University, Paris, 1988 — 464–475-bet. 
  2. Mahfoudh, Abdeljaoued, Faouzi, Lotfi. Corpus of Arab inscriptions of Islamic monuments of Sfax. Tunis: Dar El Amal, 2016 — 179–183-bet. 
  3. 3,0 3,1 „Sidi Saada Mausoleum“. histoiredesfax.com.
  4. Mahfoudh, Faouzi. City of Sfax: Monumental architectural researches and urban development, Sourbonne University, Paris, 1988 — 464–475-bet. 
  5. Mahfoudh, Faouzi. City of Sfax: Monumental architectural researches and urban development, Sourbonne University, Paris, 1988 — 464–475-bet. 
  6. Mahfoudh, Abdeljaoued, Faouzi, Lotfi. Corpus of Arab inscriptions of Islamic monuments of Sfax. Tunis: Dar El Amal, 2016 — 179–183-bet. 
  7. „Sidi Saada Mausoleum“. histoiredesfax.com.
  8. Mahfoudh, Faouzi. City of Sfax: Monumental architectural researches and urban development, Sourbonne University, Paris, 1988 — 464–475-bet. 
  9. Mahfoudh, Abdeljaoued, Faouzi, Lotfi. Corpus of Arab inscriptions of Islamic monuments of Sfax. Tunis: Dar El Amal, 2016 — 179–183-bet. 
  10. Mahfoudh, Faouzi. City of Sfax: Monumental architectural researches and urban development, Sourbonne University, Paris, 1988 — 464–475-bet.