Sigʻalon
Sigʻalon — togʻlarda tik yon bagʻirlarning oʻrta va quyi qismida toʻplangan silliklanmagan parcha toshlar. Tub togʻ jinslarining nurashi va nurash jinslarining yuqoridan qulab tushishi natijasida hosil boʻladi. S.dagi jinslarning kattakichikligi ularning tarkibiga, iqlim sharoitiga bogʻliq. Slanets, granit S.lar mayda toshli, ohaktosh S.lar yirik toshlidir. Quruq va sovuq iqlimda yirik toshli, sernam iqlimda mayda toshli boʻladi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |