Silikat gʻisht
Silikat gʻisht — qurilish materiali. Koʻrinishi va oʻlchamlari oddiy pishiq gʻishtga oʻxshaydi. Oddiy sogʻtuprokdan emas, kvars qumi (90—92%) va soʻndirilgan ohak (8—10%) qorishmasidan tayyorlanadi. Gʻisht xumdonda pishirilmaydi, yuqori (200 at gacha) bosimda presslanadi, soʻngra avtoklavda 175° trada qizigan bugʻda 8 at bosimda qotiriladi. Kulrang, hajm ogʻirligi 1700–1900 kg/m³. Oddiy gʻishtlar singari binolarning faqat yer sirtidagi yuk koʻtaruvchi devor va ustunlarini tiklashda ishlatiladi. S.gʻ. silliq va kurkam boʻlganidan ustidan pardoz berish (mas, suvash) talab etilmaydi. Faqat gʻisht qatorlari orsidagi (qorishma) choklarga ishlov beriladi. Suvga chidamliligi oddiy pishik, gʻishtnikidan past, temperatura 500° dan oshganda mustaxkamligi pasayadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |