Silitsidlar (lot. Silicium — kremniy) — kremniyning metallar va baʼzi metallmaslar bilan hosil qilgan birikmalari. S. kimyoviy bogʻlanishga koʻra 3 asosiy guruhga (ionkovalent, kovalent va metallsimon) boʻlinadi. Ionkovalent S. ishqoriy (natriy va kaliydan tashqari) va ishqoriyer metallar hamda mis va rux guruhi metalari bilan hosil boʻladi; kovalent S. bor, uglerod, azot, kislorod, fosfor, oltingugurtda hosil buladi; metallsimon S, oraliq metallardan yuzaga keladi. Ishqoriyer metallardan silitsidlar va litiy silitsid Li6Si2 maʼlum (Li dan boshqa ishqoriy metallar S. hosil qilmaydi). S. yaltiroq, juda qattiq va ogʻir kristall moddalar, yuqori trada suyuqlanadi, mas, TaSi2 ning suyuqlanish temperaturasi 2200°. Metallsimon S. barqaror birikmalar, ular hatto yuqori tralarda ham oksidlanmaydi. MoSi, dan tayyorlangan elektr pechlari qizdirgichlarini 1700°gacha boʻlgan oksidlovchi muhitda ishlatish mumkin. Baʼzi faol metallarning Si suv va suyultirilgan kislotalar taʼsirida parchalanadi, boshqa S.ga suv ham, suyultirilgan kislotalar ham taʼsir etmaydi. Aksari S. — yarim oʻtkazgichlar.