Silliqlash stanogi
Silliqlash stanogi - metall, tosh va yogʻoch detal va buyumlarga jilvir qogʻoz, jilvir toshlar (abraziv doiralar) bilan ishlov beradigan stanok. Ishlanadigan sirtga qarab, doiraviy, ichki va tashqi yuzalarni silliqlaydigan xillarga boʻlinadi. Silliqlash doirasi mahkamlanadigan shpindel elektr dvigatel bilan bevosita yoki tasmali uzatma orqali, ishlanadigan buyumlar esa alohida elektr dvigatel yoki gidrotsilindr bilan aylantiriladi. Yoʻnish chuqurligi mexanik yoki gidravlik yuritma bilan rostlab turiladi; abraziv doira qoʻlda yoki avtomatik tarzda toʻgʻrilanadi, detallar mexanik yoki avtomatik tarzda qisiladi.
Yogʻoch ishlashda jilvir qogʻoz mahkamlanadigan ish organining turiga qarab, lentali, silindrik (barabanli), diskli, bobinali, choʻtkali va boshqa xil Silliqlash stanogi ishlatiladi. Tosh ga ishlov berishda Silliqlash stanogi bilan kichik oʻlchamli qoplama marmar buyumlarni silliklash va jilolash; yirik qoplama buyumlarga yalpi ishlov berish va boshqa ishlar bajariladi (bunda relsli izda harakatlanuvchi Psimon portal kranga aylanma abraziv asbob oʻrnatilgan shpindel mahkamlab qoʻyiladi).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |