Simfonizm
Simfonizm (simfoniya soʻzidan) — musiqiyestetik kategoriya; 18—19-asrlar kompozitorlik sanʼatida qaror topgan badiiy usul. Tugal tushuncha sifatida ilk bor B. Asafyev tomonidan taxlil etilgan. Turli musiqiy mavzu (kuy)larning uzluksiz, oʻzgarishlarga boy mukammal rivoji, badiiy obrazlarning uzaro taʼsir etish jarayonlarini ifoda etadi. Simfonik janrlar bilan birga kamercholgʻu, musiqali teatr (opera, balet), vokalsimfonik (oratoriya) va boshqa janrlardagi namunalarga nisbatan ishlatiladi. Tarixiy rivojida bir necha musiqiy dramaturgiya turlarini keltirgan: xalqchiljanrli (Y. Gaydn), dramatikfojiaviy (L. Betxoven), lirik (F. Shubert), epik (A. Borodin) va boshqa Oʻzbekistonda dastlab Ik. Akbarov, R. Hamroyev, T. Kurbonov va boshqalarning asarlarida namoyon boʻlgan. Keyinchalik M. Tojiyev, M. Maxmudov, N. Gʻiyosov va boshqalarning asarlarida oʻzbek mumtoz musiqa (jumladan, maqom, katta ashula) xususiyatlari bilan uzviy bogʻlanib, millim S. qaror topdi.
Toʻxtasin Gʻafurbekov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |