Simob lampasi
Simob lampasi - gaz (bugʻ) holidagi simob qoʻllaniladigan yorugʻlik manbai. Simob bugʻining ish bosimiga qarab, past va yuqori bosimli xillarga boʻlinadi. Past bosiili (0,7 N/m2) Simob lampasi 185 va 254 nm (nanometr) toʻlqin uzunligidagi rezonans nurlatgich manbalari. Bulardan lyuminessent lampapar kengtarqalgan. Yuqori bosimli (104106N/m2)S l. 2481014 nm toʻlqin uzunligi intervalida ultrabinafsha va koʻrinadigan yorugʻlik nurlari hosil qiladi. Uning kolbasi kiyin eriydigan shaffof kvars shishadan tayyorlanib, inert gaz va simob bilan toʻddiriladi. Yoritishda, tibbiyotda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Oʻta yuqori bosimli (106 N/m2 dan yuqori) Simob lampasi — ultrabinafsha va koʻrinadigan nurlarning juda yorugʻ manbai. Tabiiy va suv bilan sovitiladigan xillari bor. Turli yorugʻlikoptika qurilmalarida qoʻllanadi. Barcha Simob lampasi elektr tarmogʻiga maxsus qurilmalar yordamida ulanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |