Simon Oliver Sinek (1973-yil 9-oktabrda tugʻilgan) — Britaniyada tugʻilgan amerikalik yozuvchi va ilhomlantiruvchi maʼruzachi. „Start with Why“(2009)[1] va „Infinite Game“ (2019) „Leaders eat last“(2014) „Together is better“(2016) „Find your way“ (2017) kabi kitoblar muallifi.

Simon Sinek
Simon Oliver Sinek 2020-yil
Tavalludi 9-oktyabr 1973-yil
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Taʼlimi Brandeis University (BA)
Kasbi Yozuvchi, ruhlantiruvchi notiq

Yoshligi va taʼlimi

tahrir

Simon Oliver Sinek Buyuk Britaniyaning Uimbldon shahrida tugʻilgan. Sinekning onasi Syuzan yahudiy va asli venger yahudiydir[2].Bolaligida u oilasi AQShga joylashgunga qadar Yoxannesburg, London va Gonkongda yashagan. 1991yilda Demarestdagi Shimoliy vodiy, mintaqaviy oʻrta maktabini tamomlagan[3]. U Brandeis universitetida madaniy antropologiya boʻyicha bakalavr darajasini olgan[4]. U London shahri universitetida huquq fakultetida tahsil olgan, biroq huquq fakultetini tark etib, reklama bilan shugʻullangan[5].

Ijodiy faoliyati

tahrir
 
Simon Sinekning oltin doirasi

Sinek oʻz faoliyatini Nyu-Yorkdagi Euro RSCG va Ogilvy & Mather nomli reklama agentliklarida boshlagan[4]. Kyeinchalik u oʻzining Sinek Partners nomli biznesi ochadi[4].

Sinek beshta kitob yozgan. „Start with Why“ nomli birinchi kitobi 2009-yil oktabr oyida nashr etilgan. Uning „Leaders Eat Last Eat“ nomli ikkinchi kitobi Wall Street Journal va The New York Times[4] gazetalarining koʻp kitob sotiladigan kitoblar roʻyxatida paydo boʻlgan.

Motivatsion maʼruzachi sifatida Sinek 2016-yilda BMT Global Shartnomasi yetakchilari sammitida[6] va 2009-yildan boshlab bir necha bor TEDx konferensiyalarida nutq soʻzlagan[7].

2018-yil iyun oyida „The Young Turks“ AQSH Immigratsiya va bojxona nazorati (ICE) tomonidan 2018-yil 26-apreldan 15-maygacha boʻlib oʻtadigan[8] „Liderlik boʻyicha Simon Sinekning mahorat darslari“ 98 000 dollarlik garovsiz shartnoma haqida xabar berdi[9].

2018-yil noyabr oyida Publishers Weekly Sinek Penguin Random House kompaniyasining yangi nashri boʻlgan Optimizm jurnalini ishga tushirishi haqida xabar berdi[10].

Sinek Kolumbiya universitetida strategik aloqalar boʻyicha oʻrgatuvchi[11] va RAND korporatsiyasining yordamchi xodimi edi[12].

Manbalar

tahrir
  1. Kauflin, Jeff. „The Year's Five Bestselling Leadership Books, And Why They're So Great“ (en). Forbes. Qaraldi: 2018-yil 6-yanvar.
  2. Adeniji, Daniel „Simon O. Sinek“ (en). Learning in the Open (2016-yil 29-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 1-sentyabr.
  3. NVD „Simon Sinek Returns to NVD“ (English). United States: Northern Valley Regional High School (2013-yil 11-fevral). 2014-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-yanvar.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 Maxwell, Chris. „Simon Sinek: To grow your business, let go“. Director (2017-yil 6-yanvar). 2019-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-yanvar.
  5. „Simon Sinek biography, quotes and books“ (2014-yil 29-sentyabr).
  6. „Programme | UN Global Compact“. www.unglobalcompact.org. Qaraldi: 2018-yil 17-fevral.
  7. Koji, David. „An Inspiring Discussion With Simon Sinek About Learning Your 'Why'“. Entrepreneur (2016-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 12-yanvar.
  8. „Award Summary, PIID 70CMSD18P00000045“. usaspending.gov. Qaraldi: 2020-yil 4-iyul.
  9. „Award Summary, PIID 70CMSD18P00000045“. usaspending.gov. Qaraldi: 2020-yil 4-iyul.
  10. Maher, John „Portfolio to Launch New Imprint“. Publishers Weekly (2018-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 3-iyul.
  11. „Instructor Simon Sinek Featured by 99% | Columbia University School of Professional Studies“ (en). sps.columbia.edu.
  12. „RAND Corporation Staff Directory“. RAND Corporation. RAND Corporation. Qaraldi: 2018-yil 22-avgust.

Adabiyotlar

tahrir
  1. Burnett, Jane. „Millennials are telling you why your company stinks but you're not listening: a Q&A with Simon Sinek“ (en-US). Ladders (2017-yil 23-avgust). Qaraldi: 2018-yil 6-yanvar.