Simone Magill (1994-yil 1-noyabrda tugʻilgan) — Shimoliy Irlandiyalik professional futbolchi. Angliya Ayollar Superligasida Shimoliy Irlandiya va „Aston Villa“ klublarida toʻp suradi.

Oʻyin faoliyati tahrir

Klub tahrir

Mid-Ulster tahrir

Magill futbolchilik faoliyatini Kukstaun Youth FC va Mid-Ulster Ladies FC kabi futbol jamoalarida boshlagan[1]. 2010/2011 va 2011/2012-yilgi mavsumlarda Magill Shimoliy Irlandiya ayollar Premer-ligasida yilning eng yaxshi oʻyinchisi uchun nomzod sifatida koʻrsatilgan edi[2]. Shuningdek, u 2012-yilgi mavsumni 18 ta gol bilan eng yaxshi toʻpurar sifatida yakunlagan.

Everton tahrir

2013-yilda 18 yoshida Magill muvaffaqiyatli sinovdan soʻng WSL Side Evertonga oʻtdi va keyinchalik 2014/15-yilda muxlislar tomonidan mavsumning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi[3]. Jarohat olgan Magill 2016-yilgi mavsumda koʻp vaqtga safdan chiqdi va 2017-yil bahorgi seriyasida ham atigi 7 oʻyinda maydonga tushib 5 ta gol urdi[4].

2017-yil iyun oyida Magill „Everton“ bilan birinchi professional futboldagi shartnomasini imzoladi[5]. 2019-yil may oyida Magill Everton jamoasida mavsumning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qoʻlga kiritdi[6].

Xalqaro tahrir

Magill oʻz faoliyati davomida Shimoliy Irlandiyani koʻplab yoshlar darajasida toʻp surgan va 15 yoshida oʻzining xalqaro debyutini qilgan[7][8]. U U-17 va U-19 terma jamoalarida sardorlik qilgan[9].

2016-yil iyun oyida Magill Gruziyaga qarshi Yevropa saralash oʻyinida xalqaro ayollar darajasidagi eng tezkor golni urib, oʻzini jahon rekordini oʻrnatdi. Magillning tezkor kiritgan goliga atigi 11 soniyaning oʻzi yetarli boʻldi va bu bilan amerikalik hujumchi Aleks Morgan tomonidan kiritilgan avvalgi 12 soniyalik rekordni yangiladi[10].

Xalqaro oʻyinlar tahrir

Sana Joy Raqib Hisob Joy Musobaqa
1. 2021-yil 9-aprel Kolos stadioni, Kovalivka, Ukraina   Ukraina 2 — 1 2-1 UEFA ayollar oʻrtasidagi Evro-2022 saralash pley-off oʻyinlari

Yutuqlar tahrir

Everton

  • Ayollar oʻrtasidagi Angliya kubogi sohibi (1): 2013-14
  • FA WSL 2 gʻoliblari (1): 2017

Individual

  • Ayollar Premer-ligasida yilning eng yaxshi futbolchisi : 2010, 2012[11]
  • Everton jamoasida mavsumning eng yaxshi ayol futbolchisi : 2014-15[12]
  • Xalqaro ayollar oʻrtasidagi eng tez urilgan gol (Jahon rekordi) 2016-yil 3-iyun[13]
  • Everton jamoasida mavsumning eng yaxshi ayol futbolchisi : 2018-19

Manbalar tahrir

  1. Anushree Nande. „In conversation with Simone Magill, Everton Ladies' child of destiny“ (inglizcha). www.footballparadise.com (30-iyun 2017-yil). Qaraldi: 8-yanvar 2018-yil.
  2. „Simone Magill is top player at Northern Ireland Women's Football Association awards dinner“ (inglizcha). newsletter (4-dekabr 2012-yil). 12-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-avgust 2022-yil.
  3. „'If I can make football a full-time career, so can other Northern Ireland girls' says Everton star“ (inglizcha). www.belfasttelegraph.co.uk (2-avgust 2017-yil). Qaraldi: 8-yanvar 2018-yil.
  4. „Simone Magill | Everton Football Club“ (inglizcha). www.evertonfc.com. Qaraldi: 18-may 2021-yil.
  5. „Striker seals pro deal at WSL1 club“ (inglizcha). www.irishfa.com (30-iyun 2017-yil). Qaraldi: 7-yanvar 2018-yil.
  6. „A word from our Player of the Season“ (inglizcha). Everton Ladies twitter (26-may 2019-yil). Qaraldi: 26-may 2019-yil.
  7. „Simone Magill | Everton Football Club“ (inglizcha). www.evertonfc.com. Qaraldi: 18-may 2021-yil.
  8. „Striker seals pro deal at WSL1 club“ (inglizcha). www.irishfa.com (30-iyun 2017-yil). Qaraldi: 7-yanvar 2018-yil.
  9. Anushree Nande. „In conversation with Simone Magill, Everton Ladies' child of destiny“ (inglizcha). www.footballparadise.com (30-iyun 2017-yil). Qaraldi: 8-yanvar 2018-yil.
  10. Garth Fullerton. „Now that's quick! Northern Ireland striker receives award for scoring fastest goal ever!“ (inglizcha). www.belfastlive.co.uk (7-oktabr 2017-yil). Qaraldi: 8-yanvar 2018-yil.
  11. „Simone Magill is top player at Northern Ireland Women's Football Association awards dinner“ (inglizcha). newsletter (4-dekabr 2012-yil). 12-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-avgust 2022-yil.
  12. Anushree Nande. „In conversation with Simone Magill, Everton Ladies' child of destiny“ (inglizcha). www.footballparadise.com (30-iyun 2017-yil). Qaraldi: 8-yanvar 2018-yil.
  13. Garth Fullerton. „Now that's quick! Northern Ireland striker receives award for scoring fastest goal ever!“ (inglizcha). www.belfastlive.co.uk (7-oktabr 2017-yil). Qaraldi: 8-yanvar 2018-yil.