Simplast
Simplast (yun. syn — birgalikda va plastos — yasalgan, tashkil etilgan) — 1) hay vonl arda — toʻqimada hujayralar orasidagi chegaraning yoʻqolib, yadroning butunlay sitoplazmada joylashishi. S. tuzshtishi koʻndalang chiziqli muskul tolalari, ayrim infuzoriyalar, bir qancha hasharotlar embrional rivojlanishining dastlabki davrlari uchun xos. Ayrim toʻqimalar (mas, mollyuskalar va hasharotlar ichagi epiteliysi) ovqat hazm qilishning har xil davrlarida hujayraviy yoki S. tuzil ishga ega boʻladi. S. hujayralarning birbiri bilan qoʻshilib ketishi yoki yadrosi boʻlinib, hujayraning boʻlinmasligi (sitotomiya) tufayli yuzaga keladi; 2) oʻsimliklarda — hujayraviy tuzilishga ega boʻlgan koʻp yadroli protoplast; oʻzaro qoʻshilib ketgan xujayralar protoplazmasi; protoplazmatik ipchalar yordamida oʻzaro tutashgan protoplastlar.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |