Simpleks aloqa (lot. simplex oddiy) — ikki tomonlama elektr aloqa usuli; bunda xabarlar har qaysi punktda navbatmanavbat uzatiladi va qabul qilinadi, yaʼni bir punktga xabar uzatilayotganda ikkinchi punkt xabarni faqat qabul qiladi, keyin ikkinchi punkt xabar uzatganda birinchi punkt xabarni qabul qiladi. Simpleks aloqa punktlarining har birida uzatish va qabul qilish zanjirlari birbiridan ajratilgan bitta apparat boʻladi. Simpleks aloqa matbuot agentliklarida, meteorologiya xizmatlarida, kemalar va boshqa punktlar orasida qoʻllanadi.