Simptom (yun. symptome — belgi, alomat) — biror kasallik yoki patologik holatning belgisi. Tibbiyotda nospetsifik (umumiy) — kelib chiqishi turlicha boʻlgan kasalliklarda uchraydigan S. (mas, darmonsixtak, gavda temperaturasinig koʻtarilishi) va pagognomik — maʼlum bir kasallikka xos S. (yaʼni, meʼda yarasi yorilib ketganda koʻkrak ostida pichoq sanchgandek ogʻriq turishi), subʼye kombinati v (bemordan soʻrab olingan) va obyektiv (bemorni turli yoʻllar bilan tekshirib bilingan) S. farqlanadi. Kasallik boshlanishidan darak beradigan dastlabki S. (mas, zotiljamda dastlab koʻkrak qafasida ogʻriq sezilishi) hamda keyingi S. (xoletsistitda krrin pardasining yalligʻlanishi) ham boʻladi. Har qanday kasallik S.lar yigʻindisi (sindrom)ta qarab belgilanadi.