Sindao

Xitoydagi shahar

Sindao — Xitoyning sharqiy qismidagi shahar, Shandun provinsiyasida. Aholisi 6,99 mln. kishi (1999). Transport yoʻllari chorrahasi. Sariq dengiz boʻyidagi yirik dengiz porti. Mamlakatning toʻqimachilik (ip va jun gazlama, zigʻir, trikotaj) sanoati markazi. Transport va boshqa mashinasozlik, radiotexnika, metallurgiya, kimyo, elektronika, rezina, oziq-ov-qat, koʻn-teri, sement sanoati korxonalari mavjud. Baliq va boshqa dengiz hayvonlari ovlanadi. Okeanografiya i.t. instituta, dengiz muzeyi bor.