Sindh adabiyoti - sindh xalqi adabiyoti, Pokiston va Hindistoi adabiyotlaridan biri. Sindh adabiyoti qad. xalqogʻzaki ijodi anʼanalariga ega. "Mahabharatatmng sindh tilidagi varianti Sindh adabiyotining eng qad. yodgorligi hisoblanadi (9—10-asrlar). Sindh yozma adabiyotining qadimiy namunalari Samar sulolasi hukmronligi davri (1051— 1351)ga toʻgʻri keladi (bu davr shoirlari orasida mashhuri Shayx Hamad bin Rashididdin Jamoliydir). Ilk sindh sheʼriyati, asosan, diniymistik ruhda boʻlib, anʼanaviy hind sheʼr tizimi (shloka)da yozilgan.

16-asrda Sindda argʻunlar, soʻngratarxonlar sulolasi hukmronlik qilib, fors tili saroy tiliga aylangan. Sindh tili esa oʻz mavqeini yoʻqota boshlagan. Adabiyot xalq ogʻzaki ijodi bilan yana ham yaqinlashgan. Hindumusulmon madaniy sintezi Shoh Abdulkarim Bulariy, Maxdum NoʻhXalakundiy kabi shoirlarning sheʼrlarida yaqqol aks etgan. 18-asrda mahalliy kalharlar sulolasi hokimiyatga kelgach, sindh tilida ijod qiluvchi shoirlarga homiylik qildi. Shu davrda sindhadabiyotining klassigi Shoh Abdullatif Bhitaining ijodi gullab yashnadi. U Sachal Sarmast, Samiy va boshqa bilan birga oʻrta asr Sindh adabiyotini yuksak choʻqqilarga koʻtardi. Asl sindhiy sheʼr shakllari kafiy va doʻha oʻrnini fors sheʼriy janrlari egallay boshladi. Inglizlar Sindni zabt etganidan keyin (1843) fors tilining taʼsiri ayniqsa kuchaydi.

19-asrning oxirlarida Sindda maʼrifatchilik harakati vujudga keldi. Fors, urdu, bengal va ingliz tillaridan tarjimalar paydo boʻldi. Sindh adabiyotida nasriy janrlar ancha kech shakllandi. Mirzo Qilichbek (1853—1929) sindh tilida dastlabki "Goʻzallik" (1890) romanini yaratdi. U. Shekspir, R. Sheridan, G. Ibsen pyesalarini, Umar Xayyomning ruboiylarini bu tilga erkin tarjima kildi. Birok,, professional teatrning yoʻkligi dramaturgiyaning rivojiga xalaqit berdi. Havaskor truppalar, asosan, "Ramayana" va "Maxabharata" syujetlari asosida yozilgan pyesalarni qoʻyardi.

20-asrning 30y.larida Sindh adabiyotida taraqqiyparvar realistik yoʻnalish vujudga keldi. Unga Hind taraqqiyparvar yozuvchilari assotsiatsiyasi katta taʼsir koʻrsatdi. Hindiston taqsimlanganidan keyin (1947) shu paytgacha yagona boʻlgan Sindh adabiyoti endi 2 davlatda rivojlana boshladi. Pokistonda sindh adiblari, asosan, "Mehran" jur., Hindistonda esa — "Hindvasiy", "Nayi dunya", "Kahaniy" va boshqa jurnallar tevaragiga jipslashdi. Hindistondan Narayan Shyam, Anchal. Mahbubiy, Goʻbind Malhiy, Pokistondan Bevas, Ayoz Shayx, Murod Ali Kozim, Haydar Baxsh Jatoʻy kabi shoirlar. Jamiluddin Abroʻ, Tanvir Abbosiy, Qurbon Ali Buggiy, Rashid Bhattiy va boshqa adiblar hozirgi zamon Sindh adabiyotining yirik vakillaridir.

Ansoriddin Ibrohimov