Singapur boʻgʻozi
Singapur boʻgʻozi — shimolida Malakka yarim orolning eng jan. chekkasi bilan Singapur o. hamda janubida Riau arxipelagi oraligʻida. Janubiy Xitoy dengizini Andaman dengizi bilan Malakka boʻgʻozi orqali birlashtirib turadi. Uzunligi 114 km, eni 12 dan 36 km gacha. Eng sayoz joyining chuqurligi farvatyorida 22 m. Sb. orqali xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan dengiz yoʻllari oʻtgan. Singapur o.da shu nomli shahar joylashgan.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |