Singapur isyoni
Singapur qoʻzgʻoloni (inglizcha: 1915 Singapore Mutiny; 1915-yilgi Sepoylar qoʻzgʻoloni sifatida ham maʼlum) — ushbu qoʻzgʻolonda Birinchi jahon urushi paytida Britaniya qoʻshinlariga qarshi 850 ta sepoy qatnashgan. Qoʻzgʻolon taxminan etti kun davom etib, Britaniya qoʻshinlari tomonidan bostirilgunga qadar 47 nafar britaniyalik askar hamda mahalliy aholi orasida qurbonlar berilishiga sabab boʻlgan. Britaniya harbiy boʻlinmalari hamda Britaniya ittifoqchi davlatlar: Rossiya yordamchi kreyseri „Oryol“, fransuz kreyseri „Montkalm“ va Yaponiyaning „Otova“ va „Tsushima“ kreyserlaridan harbiy dengizchilar tushirilgan. Bu voqea Britaniya hukumatini gʻaflatda qoldirdi va Britaniyaning Singapurdagi hukmronligi asoslariga zarba berdi[1].
Tarixi
tahrir1915-yil 23-fevraldan 15-maygacha Singapurda yashirin tergov komissiyasi faoliyat yuritdi, lekin qoʻzgʻolon sabablarini aniqlash imkoni boʻlmadi. Tergov xulosasiga koʻra, qoʻzgʻolonchilarning harakatlariga josuslar sabab boʻlgan[2].
Harbiy-dala sudi tomonidan 200 dan ortiq sepoylar sudlangan, 47 kishi, jumladan, Qosim Mansur ham qatl etildi. Nur Olam Shoh Ghadar partiyasiga aloqador bogʻliq boʻlgan hind millatchilik harakatining faol arbobi sifatida fosh qilingan boʻlsa ham sudga tortilmadi[3].
Manbalar
tahrir- ↑ Sho Kuwajima.. First World War and Asia–Indian Mutiny in Singapore (1915). Japan: Osaka University, 1915 — 1-bet.
- ↑ T.R. Sareen.. Secret Documents On Singapore Mutiny 1915. New Delhi: Mounto Publishing House, 1995. ISBN 81-7451-009-5.
- ↑ Kah Choon Ban.. Absent History: The Untold Story of Special Branch Operations in Singapore 1915–1942. Singapore: SNP Media Asia, 2001. ISBN 981-4071-02-1.
Adabiyotlar
tahrir- R. W. E. Harper, Harry Miller.. Singapore Mutiny. Oxford University Press, 1984. ISBN 0195825497.