Sinizm (lot: Kynismos, grek: Kυνισμός) yoki siniklik — axloqiy me’yorlarga, madaniy qadriyatlar va odob-axloq haqidagi tasavvurlarga ochiqdan-ochiq, nazar-pisand qilmaslik va mensimaslik ruhidagi munosabat. [1][2][3][4]

Ko‘rinishi

tahrir

Belgilangan yoki barcha axloqiy qadriyatlarga ongli ravishda va namoyishkorona bepisand munosabatni ifodalovchi xatti-harakat.

Dunyoqarash, unda axloqiy rasm-rusumlar amaliy masalalarni hal qilishda to‘sqinlik qiluvchi yoki ortiqcha deb qabul qilinadi, shuningdek, rahm-shafqat, achinish, uyat, hamdardlik kabi motivlarni shaxsiy manfaatga mos kelmaydigan deb inkor etadi.

E’tiqod va xatti-harakatdagi sinizm odatda shaxsiy maqsadlariga erishish uchun har qanday vositalarga murojaat qilishga tayyor bo‘lgan odamlar (siniklar)ga xosdir. [5]

Atrofdagilar tomonidan sinik deb qabul qilinadigan xatti-harakatlar ko‘pincha jamiyat tomonidan qoralashga sabab bo‘ladi va mojaro keltirib chiqaruvchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. [6]



Manbalar

tahrir
  1. Цинизм — Ushakovning Rus tili izohli lug‘ati
  2. Цинизм Wayback Machine — Kichik akademik lug‘at
  3. Sinizm — Yefremova tomonidan tuzilgan zamonaviy rus tili izohli lug‘ati. 
  4. Цинизм — Romanova N.N., Filippov A.V. "Lug‘at. Nutqiy muloqot madaniyati: etika, pragmatika, psixologiya", 2010-yil.
  5. Sinizm — "Политическая наука: Словарь-справочник (Siyosiy fan: Lug‘at-ma'lumotnoma)", 2010-yildagi maqola.
  6. Цинизм — Antsupov A. Ya., Shipilov A. I. "Konfliktolog lug‘ati", 2009-yil.