Sinodik aylanish davri (yun. synodos — birikish, yaqinlashish) — Quyosh sistemasidagi biror sayyoraning oʻz orbitasi boʻylab harakatlanib, Yerdan kuzatilayotganda Quyoshga nisbatan avvalgi holatiga qaytishigacha oʻtgan S vaqt. Siderik aylanish davri yoki yulduz davri T, Yerning Quyosh atrofini bir marta toʻla aylanib chiqishida oʻtgan vaqt (yulduz yili) (Gk) va Sinodik aylanish davri d. orasidagi oddiy matematik bogʻlanishni quyidagicha keltirib chiqarish mumkin. Sayyoraning sutkalik burchak siljishi 360°/T ga, Yerniki esa 360°/’Gʻ ga teng.

Sayyora va Yer (yoki Yer va sayyora)ning burchak siljishlari farqi sayyoraning sutkalik koʻrinma burchak siljishini beradi. Bundan tashqi sayyoralar uchun harakat tenglamalar topiladi. Bevosita kuzatishlardan sayyoraning faqat sinodik davrigina topilishi mumkin. Uning siderik davri esa yukrridagi tenglamalar yordamida topiladi.