Sinsinnati
Sinsinnati - AQShning sharqiy qismidagi shahar, Ogayo shtatida. Aholisi 331,3 ming kishi (2000). Ogayo daryosi boʻyidagi port. Transport yoʻli va avtomobil yoʻllari chorrahasi. AQShning yirik sanoat, savdo-moliya va madaniyat markazi. Stanoksozlik, aviatsiya dvigatellari i.ch., elektrotexnika sanoati korxonalari mavjud. Sanoat jihozlari ishlab chiqariladi. Kimyo sanoati (sovun va kir yuvish vositalari, kosmetika, dori-darmonlar i.ch.) rivojlangan. Oziq-ovqat, poligrafiya korxonalari ishlab turibdi. Muzeylar, universitet bor. Shaharga 1788-yilda asos solingan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |