Sintetik seleksiya
Sintetik seleksiya - seleksiyada tanlash uchun duragaylash yoʻli bilan chiqarilgan (sintezlangan) boshlangʻich materialdan foydalanishga asoslangan usul. Seda ota-ona juftlarini ularning kelib chiqish joyi va muhit sharoitlari boʻyicha uzokligiga qarab tanlash muhim oʻrinni egallaydi. Birbiriga yaqin navlarni chatishtirish ham qoʻllanadi, shuningdek, poliploidiya, amaliy mutagenez, liniyalararo duragaylarni yaratishda qoʻllanadigan oʻzidan changlantirish va boshqalardan ham foydalaniladi. Sintetik seleksiya oʻsimliklar seleksiyasidagi asosiy usul. Hozirgi ekinlarning juda kup yangi navlari shu usulda yaratilgan (qarang Inbriding).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |