Singallar
(Sinxallardan yoʻnaltirildi)
Singallar, sinxallar (oʻzlarini sher avlodi deb atashadi) — xalq, Shri Lanka Respublikasining asosiy aholisi. 13,2 mln. kishi (1990y.lar oʻrtalari). S. vodiylik va togʻlik (kandiylar) guruxlarga boʻlinadi. S. ajdodlari mil. av. 5-asrda Shim Hindistondan koʻchib kelib mahalliy vedoid qabilalari bilan aralashgan. Sning shakllanishida tamillar, malayyalar, arablar, qisman portugallar, gollandlar, inglizlar ishtirok etgan. Singal tilida soʻzlashadi. Dindorlari — buddistlar, xristianlar ham bor. S. dehqonchilik, bogʻdorchilik, baliq ovlash va hunarmandchilik bilan shugʻullanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |